SportUz.Net

"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

23.04.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

"Leypcig" yarim himoyachisi Dani Olmoga "Barselona" qiziqmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"da ushbu transferni amalga oshirish uchun mablag' yo'q, ammo o'yinchining o'zi tarbiyalangan Kataloniya klubiga qaytishni xohlaydi.

Olmo "Leypcig"ga 2020 yilda "Dinamo" (Zagreb)dan 22 mln evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

23 yoshli ispan joriy mavsum "buqalar" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: