Aynan "matraschilar" La Liga vakillaridan oxirgi bo'lib musobaqa 1/8 final bosqichini yakunladi. Murosasiz kechgan bahsda Simeone jamoasi londonliklar qarshiligini enga olmadi va musobaqani tark etdi. Avvalgi o'yin kunlarida Ispaniya sharafini himoya qilayotgan "Barselona" hamda "Sevilya" mos ravishda PSJ va "Borussiya Dortmund"ga mag'lub bo'lishgandi.
Har ikki uchrashuvda o'ta hujumkor o'yin ko'rsatishiga muxlislarni o'rgatib qo'ygan "Atalanta"ni "jilovlay" olgan Zinedin Zidan shogirdlari esa ECHL 1/4 finaliga chiqqan Ispaniyaning yagona jamoasi sifatida qayd etildi.
Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich inglizlarda. APLning bir yo'la 3 vakili hali kurashni davom ettirmoqda. Bundesligadan ikki klub: "Bavariya" va "Borussiya", Franciyadan PSJ va Portugaliyaning "Portu" jamoalari bosh sovrin haqida orzu qilishda davom etishadi. Qayd etish lozim, Evropa CHempionlar Ligasi qurasi ertaga, 19 mart kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvlar ortda qolganida saytimizda "Real Madrid" La Liga klublari ichida yagona nomli material chop etilgandi.
Amirxon Alixo'jaev Doston Bozorov bilan jang haqida: "U mening do'stim, men bu jangni xohlamagandim"