SportUz.Net

PSV o'ninchi bor Niderlandiya kubogini qo'lga kiritdi

18.04.2022 07:00    


Rasmni yuklab olish

PSV klubi o'z tarixida o'ninchi bor Niderlandiya kubogiga ega chiqdi.

Roger SHmidt shogirdlari yarim himoyachilar Erik Guterres va Kodi Gakponing gollari evaziga finalda "Ayaks"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Amsterdamliklar safida yarim himoyachi Rayan Gravenberx gol urdi.

Eyndxoven klubi 2012 yildan beri Niderlandiya kubogini qo'lga kirita olmayotgandi hamda 2013 yildan beri finalga chiqa olmagandi.

"Ayaks" ushbu turnirdagi g'alabalar soni bo'yicha (20 ta) g'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda "Feyenoord" (13), PSV (10) esa uchinchi o'rinda bormoqda.


PSV – Ayaks 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 23 Gravenberx, 1:1 – 48 Guterres, 2:1 – 50 Gakpo.

PSV – Mvogo, Ramalo, Teze, Maks, Getce, Guterres, Sangare, Verman (Bruma, 69), Mauro Junior, Zaxavi (Vertessen, 81; van Ginkel, 90), Gakpo (Doan, 69).

Ayaks – Stekelenburg, Mazraui (Aller, 72), Martines, Timber, Blind, Klassen (Kudus, 86), Alvares (Sxyurs, 72), Gravenberx, Tadich, Bergeys (Ixattaren, 86), Brobbi.

Ogohlantirishlar: Martines (18), Maks (63), Gravenberx (81), Teze (88), Getce (90).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: