SportUz.Net

RPL. "Ufa" 90+5 daqiqada gol urib, CSKA bilan o'yinda ochko ishladi. O'runov esa bu safar ham zaxirada qoldi

16.04.2022 20:00    


Rasmni yuklab olish

RPL 25-tur doirasidagi "Ufa" - CSKA o'yini bo'lib o'tdi.

Afsuski, boshqirdistonliklarning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov oldingi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham zaxirada qoldirildi. Bahsdagi vaziyatlar esa o'yinning so'nggida ro'y berdi. CSKA o'ng qanot himoyachisi Mario Fernandes 88-daqiqa gol urdi. Ammo, Nikitinning 90+5 daqiqa urgan javob goli moskvaliklarning ortga 1 ochko bilan qaytishlariga sabab bo'ldi.


"Ufa" - CSKA 1:1

Gollar: 0:1 – 88 Fernandes, 1:1 – 90 Nikitin.

"Ufa": Belenov, Nikitin, Juravlev, Pliev, Yokich, Kamilov (Ivanov, 87), Fishenko (Saplinov, 88), Kabutov, Krotov (Emelyanov, 59), Agalarov (Golubev, 87), Kasintura (Ortis, 59).

CSKA: Akinfeev, Fernandes, SHennikov (Fuks, 63), Diveev, Biyol, Oblyakov, Gbamen, Muxin (Zagoev, 80), Zaynutdinov (Edjuke, 70), Karraskal (Zabolotniy, 63), Yaziji.

Ogohlantirishlar: Yokich (19), SHennikov (55), Ortis (60).


RPL TURNIR JADVALI




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: