SportUz.Net

Verner A Seriya klubiga o'tishi mumkin

06.04.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

"CHelsi" hujumchisi Timo Verner "Yuventus" va "Milan"ga taklif etildi.

26 yoshli o'yinchining agenti Folker SHtrut hafta boshida yozgi transfer oynasidagi ehtimoliy xaridorlarni bilish uchun Italiyaga bordi. SHtrut shuningdek "Atalanta" vakillari bilan ham gaplashdi, Verner esa "CHelsi"dan ketishga qarshi emas.

Forvardning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Verner joriy mavsum "CHelsi" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: