SportUz.Net

Runi: “Ronaldu oldingidek emas, MYUga yosh futbolchilar kerak”

05.04.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

MYU sobiq forvardi Ueyn Runi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- Jeymi Karrager mavsum boshidan buyon Ronalduni “Manchester Yunayted”ga qaytgani xato qaror bo'lganini aytib kelmoqda. Bunga fikringiz qanday? O'zini oqladimi?

- Xo'sh, ayni dam “yo'q” deb aytib bo'lmaydi. U gol urdi, mavsum startida CHempionlar Ligasida muhim to'plarni kiritdi, “Tottenxem” bilan o'yinda xet-trikka erishdi. Biroq, klubni kelajagini o'ylaydigan bo'lsak, “Manchester Yunayted” yuksalishi uchun yoshroq, g'alabaga chanqoq futbolchilarga tayanishi lozim. 

SHubhasiz, Krishtianu oldingidek emas. Bu bo'lib turadi, bu futbol. Ha, u gollar urishga qodir, lekin boshqa jihatdan jamoaga yosh hamda g'alabaga chanqoq o'yinchilar zarur, deydi Runi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: