SportUz.Net
photo photo

"Turon" jamoasi murabbiyi jazolandi

16.03.2021 14:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston futbol associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.

O'zbekiston Futzal Oliy ligasining 13-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “AGMK” uchrashuvida “AGMK” futbolchisi Ilxomjon Xamroev raqibiga zarba berishga uringanligi va tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirganligi uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.

O'zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvida “Mashal” futbolchisi Muhammad Yuldashev uchrashuvda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi futbolchining ko'krak qismiga tepgani uchun 2 ta o'yinga chetlashtirildi.

O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog'ida so'kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog'ida o'z fikrlarini qo'pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.

O'zbekiston “U-21” birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” – “So'g'diyona U-21” uchrashuvida “Navbahor lochinlari U-21” futbolchisi Islomjon Abdullahonov va “So'g'diyona U-21” futbolchisi Nodirbek Qo'yboqov o'yin rasmiylariga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun ularga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi ko'rildi. SHuningdek, mazkur bahsda “So'g'diyona U-21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o'zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o'z jamoasi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: