SportUz.Net

Bugun O'zbekiston MTJ "Navruz Cup-2022"da ilk o'yinini o'tkazadi

25.03.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

Bugun Namanganda xalqaro “Navruz Cup-2022” turniri start oladi.

To'rtta terma jamoa ishtirok etayotgan bahslarda O'zbekiston MTJ bugun Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 19:00da boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasi o'yinda ko'k, raqiblar esa qizil rangli libosda maydonga tushadi. 

Uchrashuvni tojikistonlik Nasrullo Kabirov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismoil Nuraliev va Vafo Karaev yordam beradi. Sayyodjon Zayniddinov esa zaxira hakami sifatida ishlaydi. 

Guruhning dastlabki o'yinida esa Uganda hamda Tojikiston terma jamoalari (soat 15:30) o'zaro bahs olib borishadi. 

"Navruz Cup-2022"

Namangan, "Markaziy" stadioni

O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi

Boshlanish vaqti: 19:00



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: