SportUz.Net

"Milan" aprel so'nggida Ibragimovich bilan yangi shartnomani muhokama qiladi

24.03.2022 16:25    


Rasmni yuklab olish

"Milan" hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, klub vakillari aprel so'nggida yangi kelishuvni 40 yoshli shved bilan muhokama qilishmoqchi. "Milan" futbolchiga bonuslarsiz yiliga 2,5 million evro miqdorida maosh to'lashga tayyor.

Ibragimovich 2021/22 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: