SportUz.Net
photo photo

"Yuventus" Salah borasida katta shartnoma tayyorlamoqda

23.03.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah uchun katta shartnoma tayyorlamoqda.

CHempionlar Ligasi 1/8 finalida mag'lub bo'lgan va A Seriyada to'rtinchi o'rinni egallab turgan Turin klubi Dushan Vlaxovichning xarididan so'ng ham hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Salah "Liverpul" bilan shartnoma borasidagi muammolar sabab "Yuventus"ning bosh variantlaridan biridir.

29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Salah 2021/22 yilgi mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 10ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: