“Biz uchun juda ham yomon va “Barselona” uchun esa yaxshi o'yin bo'ldi. Natija buni ko'rsatib turibdi. Balki, musobaqa jadvalida peshqadam bo'lganimiz uchun bo'shashgandirmiz. Klasikoda mag'lub bo'lish doimo alamli, ammo hozircha ajoyib mavsum o'tkazmoqdamiz va ochkolar farqi etakchiligimizni saqlab qolishga imkon beradi. Hech qaysi vaziyatda yaxshi ko'rinmadik. Mavsumdagi eng yomon o'yinlarimizdan biri. Hammasi boshidan noto'g'ri tus oldi, ular tezkor gol urdi va bu biz uchun muammolar keltirib chiqardi. Uchrashuvda yutqazish ruhiy tomondan qiyin, ammo bugungacha qo'lga kiritgan ustunligimizni saqlab qolishga intilishimiz lozim”, deydi Nacho.
"IBA CHempionlar oqshomi". Rossiyada ringga chiqqan hamyurtlarimizning barida g'alaba