SportUz.Net

Anchelotti "El Klassiko"dagi sharmandali mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

21.03.2022 08:25    


Rasmni yuklab olish

Navbatdagi “El Klasiko”da “Barselona” safarda chempionat peshqadami “Real” klubini 4:0 hisobida taslim etdi.

Uchrashuvdan so'ng "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yin starti yaxshi bo'ldi, ammo 0:1 dan so'ng nazoratni yo'qotdik, “Barsa” bo'sh erlarni topdi va bizga muammo tug'dirdi. Uch himoyachi bilan bahsni boshladik, yakkama-yakka o'ynashga intildik, ammo bu bizga natija bermadi, bizning kunimiz emasdi.

CHempionatdagi ustunlik biz tomonda. Endi dam olish va keyingi 2 haftaga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Ikkinchi bo'limda ko'proq pressing qilishga harakat qildik, ammo bu amalga oshmadi. Bu esa mening aybim.

Bu og'ir mag'lubiyat, chunki bu “Klasiko”. Bu zarba, jangda yutqazdik.

Biroq, bizda (La Liga) ustunlik bor va xotirjamlikni saqlab, jarohatdagilarning safga qaytishini kutishimiz zarur. O'tgan uchrashuv tufayli drama keltirib chiqarishga hojat yo'q. Bizni tanib bo'lmasdi, bari o'xshamadi. Buni unutib, oldinga intilishda davom etishimiz zarur, bizda katta ustunlik bor”, deydi Anchelotti.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: