Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar boshqarmasi rahbari Turki Ash SHayx malum qildi.
"Noyabr oyida Ar-Riyodda Brayan Norman Riyadh Season doirasidagi shouda Devin Xeyniga qarshi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik unvonini himoya qiladi.
Boks oqshomida boshqa katta syurprizlar ham kutilmoqda", deydi Turki.
Malumot uchun, ushbu vaznda jang qiluvchi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov WBO reytingida 9-o'rinni band etib turibdi.