SportUz.Net

"Manchester Yunayted" FIFA kunlarida murabbiy qidirishga faol kirishadi

19.03.2022 07:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" yaqin vaqt ichida yangi bosh murabbiy qidirishga faol kirishadi.

Manbaning xabariga ko'ra, mankunianliklar kelasi mavsumdan boshlab jamoani boshqaradigan murabbiy topish uchun FIFA kunlaridan unumli foydalanmoqchi.

Maurisio Pochettino va Erik ten Xag ushbu lavozim uchun eng yaxshi variantlar bo'lib turibdi. PSJ va "Ayaks"ning CHempionlar ligasidan chiqib ketishi MYUga ushbu murabbiylar bilan tezroq muzokaralarga kirishishiga imkon yaratadi.

SHuningdek, "qizil iblislar" Tomas Tuxelni taklif qilish umidida "CHelsi"da bo'layotgan voqealarni kuzatib borishmoqda, ammo hozircha uni jalb qilish imkoniyati yuqori emas.

Luis Enrike (Ispaniya), Xulen Lopetegi ("Sevilya") va Karlo Anchelotti ("Real Madrid") ham nomzodlar ro'yxatidan o'rin olgan.

Hozirda "Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan Ralf Rangnikning shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: