SportUz.Net

"Arsenal" Eden Azar transferi borasida aloqaga chiqdi

16.03.2022 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Arsenal" ehtimoliy transfer borasida "Real" yarim himoyachisi Eden Azar bilan aloqaga chiqdi.

Belgiyalik futbolchi "Santyago Bernabeu"ga 2019 yilda "CHelsi"dan 150 million funt sterling evaziga o'tdi. Ammo, Azarning "Real" haqidagi orzusi dahshatli tushga aylandi. Jarohatlar va o'ziga ishonmaslik sabab "CHelsi"ning sobiq yulduzi Ispaniyada o'z o'rnini topa olmadi.

31 yoshli o'yinchi joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi va "qaymoqranglilar" murabbiyi Karlo Anchelotti undan deyarli foydalanmadi.

Transfermarkt malumotiga ko'ra, Azarning transfer narxi 18 million evroga baholanmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: