SportUz.Net

Real, Barsa va Bavariyaga 18 yoshli vunderkind kerak

04.03.2022 17:25    


Rasmni yuklab olish

Florian Vircga "Real", "Barselona" va "Bavariya" qiziqmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 18 yoshli "Bayer" hujumkor yarim himoyachisi o'ziga katta qiziqishni uyg'otmoqda.

"Real", "Barselona" va "Bavariya" uning kelajagini kuzatishadi, ammo muzokaralar hali yo'q. Vircning 2022 yilda hech qaerga ketmasligi kutilmoqda, "Bayer" uni saqlab qolmoqchi.

Nemis joriy mavsum "Bayer" tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 13ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: