SportUz.Net
photo photo

Futre: "1987 yili "Oltin to'p"ni Gullitga emas, menga berishlari kerak edi"

03.03.2022 13:50    


Rasmni yuklab olish

Portugaliyalik "Atletiko" afsonasi Paulu Futre 1987 yilda "Portu"da o'ynagan payti ajoyib mavsum o'tkazadi va CHempionlar Kubogini yutadi.

Futre o'sha mavsum "Oltin to'p" uchun davogarlik qiladi, ammo ovoz berishda Gullit o'tib ketadi, 106 ballga qarshi 91.

"Hali ham 1987 yilda nima bo'lganini tushunmayman. Men CHempionlar Kubogini yutdim va "Atletiko"ga o'tdim. Ispan klubida ham birdan "Real"ni 4:0 hisobida tor-mor etdik. Men gol urdim va ikkita assist qayd etdim.

SHundan so'ng "Oltin to'p"ni menga berishlariga amin bo'lgandim, ammo uni Gullitga berib yuborishdi. Gullit faoliyati davomida ushbu mukofotga loyiq bo'lganiga shubham yo'q. Ammo, u 1987 yilda faqatgina Niderlandiya chempionatini yutgandi, boshqa hech narsani.

Menimcha, bu Gullitni sotib olgan va qanday xarid qilganini hammaga ko'rsatmoqchi bo'lgan Berluskonining ishi. U ovoz berishga tasir ko'rsatgan, g'alati ovozlar bo'lgandi, portugal jurnalisti negadir meni zaif deb baholagandi, keyinchalik esa nega bunday deganini menga aytmagandi", - deydi Futre.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: