Etiborlisi xuddi o'tgan yilgidek bu safar ham guruh bosqichi Ramazon oyiga to'g'ri keladi. Championat.asia malumotiga ko'ra, G'arb mintaqasidagi 5ta guruhning barchasi Saudiya Arabistoni shaharlarida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" "D" guruhida "Al Duhayl" (Qatar), "Sepaxon" (Eron) va pley-off g'olibiga qarshi o'ynaydi.
"Nasaf" 15 mart kuni safarda "Baniyas" (BAA) klubini mag'lub etsa "E" guruhidan joy oladi. Ushbu guruhda "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni) va "Al Vihdat" (Iordaniya) klublari o'rin olgan.