SportUz.Net

Rasman: "Navbahor" logotipi o'zgardi + FOTO

28.02.2022 12:25    


Rasmni yuklab olish

Yangi mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan va jamoaning shonli tarixini qaytarish niyatida bo'lgan “Navbahor” Superliga – 2022ga ulkan o'zgarishlar bilan qadam qo'ymoqda.

Xabaringiz bor, jamoa futbolchilari bo'lajak mavsumda uchrashuvlarni ko'k (asosiy) va oq (ikkinchi) rangli futbolkalarda o'tkazishadi.

Klub logotipi ham shundan kelib chiqib o'zgartirilib, unda ko'k hamda oq ranglar o'zaro mujassamlashtirildi.

Mazkur ramzdagi ko'k rang mangu osmon va obihayot ramzi bo'lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat hamda sadoqatni bildiradi.


Oq rang esa muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, poklik, beg'uborlik, soflik, ichki go'zallikka intilishning timsoli.

Logotipning o'rtasida aks ettirilgan lochin esa o'tkir ko'z, zukko, doimo baland cho'qqilarni ko'zlovchi, nishonni aniq olib, maqsad sari olg'a intiluvchi mag'rur qush.

Yangi mavsumda sevimli jamoa futbolchilari maydonda lochin kabi xislatlarga ega bo'lib, jamoatchilik va muxlislar ishonchini oqlashadi, degan umiddamiz.

Ramzning aylanasi ichida “Navbahor” Namangan yozuvi bilan birgalikda klub tashkil etilgan 1978 yil qayd etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: