"Lukaku bilan xayrlashishni xohlamaymiz, transfer oynasi yopiq, biz mashg'ulotlar jarayonidamiz. Hozirda barchasi hotirjam, sifatli o'yinchilar tarkibga qaytishmoqda, jarohatlanganlar ham", - deydi Tuxel.
28 yoshli Lukaku 2021 yilning yozida "Inter"dan "CHelsi"ga 113 million evro evaziga o'tdi.
Belgiyalik joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.