SportUz.Net

FIFA “Nasaf”dan transfer taqiqini olib tashladi

25.02.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

2021 yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va franciyalik futbolchi Abdelae Diakite o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.

nda ko'rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Yakunda futbolchi FIFAga murojaat qilgan va FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to'lovlarini 45 kun mobaynida to'lab bermagani sabab “Nasaf”ga transfer taqiqi belgilagan edi.

“Nasaf” kuni kecha ushbu futbolchi bilan qarzdorlikni to'lash bo'yicha tinchlik bitimi imzoladi va FIFAga taqiqni olib tashlash bo'yicha murojaat yuborildi.

Bugundan etiboran FIFA ushbu ish doirasida “Nasaf”dan  transfer taqiqini olib tashladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: