Joriy mavsumda o'z oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan “Navbahor” uchun har bir o'yin muhim va finalga teng. Ammo kutilmaganda jamoa 1-turda o'z maydonida “So'g'diyona”ga imkoniyatni boy berdi (0:1). SHu bois, “Navbahor” PFK rahbariyati jamoa murabbiylar shtabida o'zgarish qilishga qaror qildi.
Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, shu kungacha klubda maslahatchi – murabbiy sifatida faoliyat olib borgan tajribali mutaxassis Viktor Romanovich Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, Viktor Jalilov “Navbahor”da 1995-2000, 2003-2004, 2010 yillarda faoliyat yuritgan va jamoamiz bilan birga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. “Navbahor” tarixidagi yagona chempionlik unvoniga ham 1996 yili Viktor Romanovich davrida erishilgan.
Bungacha jamoani No'mon Hasanov boshqarayotgandi.
Qozog'istonlik sobiq bokschi Mo'ydinxo'jaev - SHimbergenov jangi uchun o'z taxminini bildirdi
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum