SportUz.Net

"Roma"ning ikki futbolchisi tungi klubga borgani uchun jazolanishi mumkin

21.02.2022 23:00    


Rasmni yuklab olish

Yarim himoyachi Nikolo Zanolo va hujumchi Stefan El-SHaaravi "Roma" tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

SHanba kuni jamoaning “Verona”ga qarshi o'yinidan so'ng futbolchilar tungi klubga yo'l olishgan. Bir qaraganda, El-SHaaravi va Zanolo hech qanday xato qilmagandek tuyulishi mumkin, chunki ular jarohat olgan va dam olishgan. Ammo bir necha kun avval “Roma” futbolchilari jamoada bir necha futbolchi koronavirus yuqtirib olgani sababli ehtiyot bo'lishga chaqirilgandi. Zanolo va El-SHaaravi esa bu tavsiyalarni etiborsiz qoldirishdi.

Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyadagi so'nggi o'yinida "Verona"ni mag'lub eta olmadi, 2:2 hisobida durang qayd etildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: