SportUz.Net
photo photo

Ibragimovich: “Qachon yakunlash kerakligini Zlatanning o'zi hal qiladi”

20.02.2022 10:25    


Rasmni yuklab olish

“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich kelajagi haqida fikr bildirdi.

“Qachon to'xtashni Ibraning o'zi hal qiladi. Ko'pchilik faoliyatimni yakunlayotganim haqida gapirmoqda, ammo o'zimni hali ham kuchli his etmoqdaman. Qilayotgan ishlarimga ishonchim bor. Qanchalik uzoqqa borishimni bilmayman, ammo doimo kuchli bo'lishga harakat qilaman. Zo'r bo'lish imkoni bor ekan, oddiy bo'lishdan ne foyda?

“Barselona”da o'zimni baxtli his qilmaganman. Menga adrenalin etishmasdi. “Milan”ga qaytganimdan esa xursandman”, deydi shved.

40 yoshli forvard joriy mavsum A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8+2 natija ko'rsatmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: