SportUz.Net

"Nasaf" CHempionlar ligasida 11ta gol urgan hujumchi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

17.02.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

Qarshining "Nasaf" jamoasi Marokash chempionatida faoliyat yuritib kelayotgan tanzaniyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

"Nasaf" futbol klubi Marokash chempionati vakili "Vidad" jamoasi hujumchisi Simon Msuva bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Futbolchi hujjatli ishlari yakuniga etgach, Qarshiga etib kelishi rejalashtirilgan. Msuva Qarshiga kelgach, tibbiy ko'rikdan o'tib jamoa bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Simon Msuva Tanzaniya terma jamoasining amaldagi futbolchisi sanaladi. Hujumchi Marokashning "Difaa El-Jadidi" va "Vidad" jamoalari sharafini himoya qilgan. Futbolchi Marokash chempionatida 39ta gol muallifiga aylangan. Futbolchi markaziy hujumchi va bazan hujumkor vinger rolida to'p tepadi.

Msuva Afrika CHempionlar ligasi to'rt mavsumda 18 o'yinda 11 gol urishga erishgan. SHuningdek, Simon Tanzaniya terma jamoasi futbolchisi sanaladi. Msuva Jahon chempionati saralash bosqichida 6 o'yinda 3ta gol urib, Riyad Marez, Osimen, Mbokani, Feguli, Mane kabi futbolchilar bilan bir qatorda to'purarlar poygasida kurashdi. Msuva terma jamoa safida jami 17ta gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: