SportUz.Net

Eldor SHomurodov: "Konferenciya ligasida chempion bo'lmoqchiman"

15.02.2022 13:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi.

Quyida intervyuning "Roma"ga bog'liq joylarini taqdim etamiz.

"Roma"ga o'tish haqida

"Roma"ga o'tishdan oldin mentalitetni o'zgartirishim kerakligini angladim. Har bir o'yinga g'alabani o'ylab tushish kerak. Bu erda ular o'z oldilariga yuqori maqsadlar qo'yilganini bilardim. Raqobat ham juda jiddiy bor. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibga loyiq ekaningni isbotlashing shart.

Mourinyu haqida

Hozir biz ko'proq taktika ustida ishlayapmiz. U bizga hamma narsani qanday qilish kerakligini ko'rsatadi va har bir o'yinda bor kuchimizni berishimizni talab qiladi. Albatta, ko'p gol urishni ham talab qiladi.

Bu yilgi maqsadlar haqida

Birinchi navbatda - CHempionlar ligasiga yo'llanma olish va Konferenciya Ligasida chempion bo'lish. Bular asosiy maqsadlar. SHaxsiy ambiciyalarga kelsak, ular doimo jamoa bilan bog'liq. Men jamoaga g'alaba qozonish va sovrinlarni qo'lga kiritishda yordam bermoqchiman. Axir, jamoa g'alaba qozonsa, siz doimo g'alaba qozonasiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: