SportUz.Net
photo photo

"PSJga qarshi o'yinda "Real" - autsayder"

12.02.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

Franciya terma jamoasi sobiq himoyachisi Lilian Tyuram CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Real" va PSJ to'qnashuvi borasida fikr bildirdi.

"Agar bu o'yinda favorit bo'lsa, u albatta PSJ. Jamoangizda Messi, Mbappe va Neymar bo'lsa, o'yinni yoki ikki uchrashuvlik to'qnashuvni boy berishingiz juda qiyin. Sababi ular dunyoning eng yaxshi futbolchilari.

Meni tushunyapsizmi? Odatda, tarkibingizda bunday futbolchilar bo'lsa, g'alaba siz tomonda bo'ladi. Messi katta farq qilib beradi, to'g'rimi? SHu bilan birga parijliklarda dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri, eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri, Markinos. Jamoaning ikki nafar posboni asosiy tarkibga loyiq. Yana Kimpembe bor – u terma jamoa azosi...

SHuning uchun ham "Real" bu to'qnashuvda autsayder", – dedi Tyuram.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: