"Qayrat" o'zbekistonlik futbolchini ijaraga oldi.
"Jasur jamoamizda ijara asosida harakat qiladi va qayd etish kerakki, klubda uni xarid qilish huquqi bor. SHartnoma 2022 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Xush kelibsiz, Jaloliddinov", - deyiladi klub xabarida.
"Qayrat" mamlakatning 3 karra chempioni hisoblanadi. Ayni damda bu jamoani Qurbon Berdiev boshqarmoqda. O'tgan mavsum "Qayrat" mamlakat chempionatida bronza medallarni qo'lga kiritdi. Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi bor.
Eslatib o'tamiz, dastlabki saytimiz tomonidan xavbekning Qurbon Berdiev taklifiga binoan qozoq klubiga o'tishi haqida malumot bergan edik.
Keyinchalik Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ham bu haqda rasmiy malum bergandi.
Bugun olti bokschimiz Osiyo chempionatida ringga ko'tariladi (ro'yxat+janglarning boshlanish vaqti)
Bogachukning promouteri Isroil Madrimovga yana bir yangi jang berilganiga munosabat bildirdi