O'sha mavsumda “arsitokratlar” Joze Mourinyu boshqaruvida qatorasiga 2-marotaba APL chempionligini qo'lga kiritgandi.
“Bahsdan oldin butsamning tishlarini almashtirdim. Uzunroq tishlarni qo'ydim, chunki maydonda kimnidir ranjitmoqchi edim. “CHelsi”ga chempionlikni qo'lga kiritish uchun atigi bir ochko kifoya edi. Bunga chiday olmadim.
Uzun tishlar taqiqlanmagandi, ular belgilangan o'lchamda edi, ammo ular men odatlangan normadan ancha farq qilardi”, deydi Runi.
Eslatib o'tamiz, 2006 yilgi uchrashuvda “CHelsi” 3:0 hisobida “qizil iblislar”ni taslim etgan.