"Ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi Ernandes ehtimoliy yangi o'yinchilarning short-listini tuzdi.
Ispan mutaxassisining ro'yxati quyidagicha: Sesar Aspilikueta, Andreas Kristensen (ikkisi ham – «CHelsi»), Niklase Zyule («Bavariya»), Matteys de Ligt («Yuventus»), Jyul Kunde («Sevilya») va Lisandro Martines («Ayaks»).
"Barsa" ayni damda La Liga jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.