SportUz.Net

"Barselona" Xaviga Dembeleni mavsum so'nggiga qadar jamoada qoldirishga ruxsat berdi

05.02.2022 15:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" rahbariyati Xaviga vinger Usmon Dembeledan o'yinlarda foydalanish bo'yicha taqiq qo'ymaydi.

Xaviga bu borada ruxsat berildi, u francuzni kerak deb topsa, futbolchidan mavsum so'nggiga qadar foydalana oladi.

Oldinroq malum bo'lganidek, 12 yanvardan beri maydonda harakat qilmagan 24 yoshli xavbek "ko'k-anorranglilar"ning "Atletiko"ga qarshi o'yindagi qaydnomasida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Dembele "Barsa" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi. Yozda uning amaldagi bitimi yakuniga etadi, u klubni erkin agent maqomida tark etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: