SportUz.Net
photo photo

"Real" Zidanning PSJ bosh murabbiyiga aylanishiga to'siq bo'lmoqda

02.02.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

Parij klubining ishlari unchalik yurishmayapti.

Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino muntazam ravishda tanqid ostida qolmoqda va mamlakat Kubogida "Nicca"dan uchralgan mag'lubiyat vaziyatni yanada yomonlashtirdi (0:0, penaltilar seriyasida 5:6).

Zinedin Zidan qishdayoq jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkin edi. Biroq bunga parijliklar ECHL 1/8 finalida Madridning "Real" klubiga qarshi ro'baro kelishlari to'sqinlik qilmoqda. 

Téléfoot jurnalisti Jyulen Maynarning xabar berishicha, PSJning Zidanning sobiq jamoasiga qarshi to'qnashuvi mutaxassisni sabr qilishiga asosiy sabab bo'lmoqda. 

Takidlanishicha, agar parijliklar "Real"ga imkoniyatni boy berishsa, Zidanning jamoaga kelishi yanada tezlashishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: