SportUz.Net
photo photo

"Real"ning 6 nafar futbolchisi qishda jamoadan ketishni istamaydi

29.01.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

"Real"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganiga qaramay, futbolchilar jamoadan ketmoqchi emas.

Madridliklar qishda Marselo, Beyl, Isko kabi futbolchilarni sotmoqchi. Ammo yuqorida sanab o'tilgan futbolchilar yozda, shartnoma muddati o'z yakuniga etganidan so'ng jamoa bilan xayrlashmoqchi. 

Xesus Valexo va Mariano Dias esa haliyam "Real"da o'z vaqti kelishiga ishonadi. 

Eden Azar ham vaziyatni o'zgartirib, "qirollik klubi"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib olmoqchi. 

Futbolchilarning bunday istaklari sabab, madridliklar yozda Marselo, Beyl va Iskoni erkin agent sifatida qo'yib yuborishlari mumkin. Yana uch nafar futbolchi bilan esa nizoga bormasdan, eng maqul variantni tanlash maqsad qilingan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: