"Ko'k-anorranglilar" yangi prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubiga argentinalik futbolchini olib kelmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi "Barselona"dan transfer uchun pul so'ramoqda. Futbolchi bu talab adolatli deb hisoblaydi, sabab u kataloniyaliklarga tekinga tushishi mumkin. Aguero mavsum so'nggida erkin agentga aylanadi.
32 yoshli forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.