SportUz.Net

“Barselona” “Milan” yarim himoyachisi bilan muzokara o'tkazmoqda

26.01.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Milan” azosi Frank Kessie faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

“Barselona” yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 25 yoshli futbolchini jamoaga olib kelmoqchi. Kessiening “rossonerilar” bilan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Hozircha tomonlar kelishuvga erishmagan va “Barsa” bundan foydalanib qolmoqchi.

Ivuarlik o'yinchi joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda qatnashib, beshta gol urdi. Avvalroq, unga "Liverpul", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: