SportUz.Net
photo photo

Karim Benzema: "Messini tanqid qilayotganlar futbolni tushunmaydi"

23.01.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

"Real" hujumchisi Karim Benzema Lionel Messining PSJdagi faoliyati yorqin boshlanmagani haqida gapirdi.

"Messining PSJda ishlari yurishmayapti? Unga ko'nikish uchun vaqt kerak. Barchaga u doimgidek o'ynay olmayotgandek ko'rinmoqda, sababi u ko'plab gollar urmayapti. Ammo, siz uning maydonda yana nimalar qilayotganini ko'ring!

Qanday bo'lmasin, bunday masshtabdagi o'yinchini tanqid qilishdan mano yo'q. Messini tanqid qilayotganlar futbolni tushunmaydi.

"Oltin to'p"ga kelsak - ovoz berishda qanday o'rinni egallaganimning menga qizig'i yo'q. Doimo faqatgina g'alaba muhim. Menga sovrinlarim kamligini aytishadi, ammo men qo'limdan kelgan barchasini qildim", - deydi Benzema.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: