"Jamoalar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq Hamdamov 2022 yilning 30 iyuniga qadar "Sayliya"da ijarada o'ynaydi. Ijara muddati tugaganidan keyin futbolchi "Paxtakor" ixtiyoriga qaytadi", - deyiladi "sherlar" xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq O'FA Dubaydagi O'zbekiston milliy jamoasi yig'iniga “Paxtakor” futbolchisi Dostonbek Hamdamov bir necha kun davomida qatnasha olmasligi va bunga o'yinchining "Al Sayliya"ga o'tayotganini sabab qilib ko'rsatgandi.