SportUz.Net
photo photo

Ronaldu yana qancha muddat o'ynamoqchiligini aytdi

18.01.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya TJ hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoa miqyosida eng yaxshi to'purar bo'lgani tufayli FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan mukofotlanganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchi navbatda 20 yil davomida men bilan birga terma jamoada o'ynagan barcha jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Jahon rekordi 109 ta gol edi, shunaqami? Hozir esa men uni 6 ta golga yaxshiladim. Bundan faxrlanaman.

Men juda xurmat qiladigan tashkilot FIFA tomonidan maxsus sovrinni qo'lga kiritdim. SHuningdek, oila-azolarimga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tez orada yana ota bo'laman. Tarixdagi eng yaxshi to'purar bo'lish ajoyib, bundan faxrlanaman.

Menda hali ham o'ynashga va gol urishga ishtiyoq bor. Besh yoshimdan futbol o'ynayman. Mashg'ulotlarga kirishganimdagi motivaciyam ham hali bor.

37 yoshimga qaramay, o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Qattiq mehnat qilishda davom etaman va o'ynashni xohlayman. Yana 4-5 yil davomida faoliyatimni davom ettirishimga umid qilaman. Agar tanangizga yaxshi munosabatda bo'lsangiz, u ham sizga kerak bo'lganda javob qaytaradi”, deydi Ronaldu.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: