SportUz.Net
photo photo

Mbappe PSJga yangi shartnoma bo'yicha talab qo'ydi

09.03.2021 18:23    


Rasmni yuklab olish

PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe bilan hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

22 yoshli futbolchi Parij klubiga shart qo'ydi. Kilian yiliga 35 million evrodan kam maosh olmoqchi emas. Agar Mbappe o'z so'rovini tushirmasa, PSJ o'yinchini yozgi transfer oynasida sotishga majbur bo'ladi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Hujumchiga "Real" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.

Forvard joriy mavsum Franciya chempionati doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: