SportUz.Net
photo photo

2022 yilda jamoalarimizni kutib turgan xalqaro musobaqalar

14.01.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonning turli yoshdagi va toifadagi terma jamoalari, klublarimiz uchun bu yilgi xalqaro musobaqalar taqvimini havola qilamiz.

Osiyo chempionlar ligasi. Pley-off bosqichi

OFK bu yil O'zbekistonga 1+1 kvota ajratgan. 15 mart kuni G'arb mintaqasida Osiyo chempionlr ligasida pley-off bosqichi bo'lib o'tadi. O'zbekiston kubogi sohibi Qarshining "Nasaf" klubi safarda BAAning "Baniyas" klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi. Malumot uchun, "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olsa Jizzaxning "So'g'diyona" klubi OFK kubogi guruh bosqichida qatnashadi. Agar "Ajdarlar" "Baniyas" to'sig'idan o'ta olishmasa Qarshi klubining o'zi OFK kubogida ishtirok etadi.




Osiyo chempionlar ligasi. Guruh bosqichi


O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. Har bir guruh o'tgan yildagidek markazlashgan holda o'tkaziladi. Guruh bosqichiga 17 yanvar kuni qura tashlanadi. G'arb mintaqasida bahslar 7-27 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Agar "Paxtakor"ning taklifi OFKni qoniqtirsa, chempionimiz joylashgan guruhdagi o'yinlar Toshkentda o'tishi mumkin. Kecha OFK OCHL taqvimini elon qildi va bu yilgi musobaqa 2023 yil fevral oyida tugashini malum qildi. Bunga shu yil oxirida Qatarda o'tadigan Jahon chempionati bahslari sabab sifatida ko'rsatildi. Katta ehtimol bilan 2023 yildan boshlab OCHL kuz-bahor tizimida o'tishni boshlaydi. Yani musobaqa taxminan yozning oxirida boshlanib keyingi yil may oylarida tugaydi.



Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralashi

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida Markaziy va Janubiy birlashgan zonalari “B” guruhidan joy oldi. Qura natijalariga ko'ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi. Uchrashuvlar 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

10 aprel - O'zbekiston - Nepal
11 aprel - Afg'oniston - O'zbekiston
12 aprel - O'zbekiston - Tojikiston




U-23 Osiyo Kubogi


Yoz faslining dastlabki kunlari O'zbekiston xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. 1-19 iyun oralig'ida yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi. Unda qitamizning shu yosh tofasidagi eng kuchli 16ta jamoasi qatnashadi. Ular orasida Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham bor. Takidlash lozimki vakillarimiz o'zlaridan 3 yosh katta jamoalarga qarshi o'ynashadi. Hozircha musobaqaga qura tashlagani yo'q.




Osiyo kubogi-2023. Saralash bosqichi


Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2023 yil Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi. OFK saralash bosqichi 8-14 iyun kunlari oralig'ida o'tishini elon qilgan. Har bir guruhda 4tadan jamoa bo'ladi va 3ta tur o'tkaziladi. 6ta guruh g'oliblari va eng yaxshi natijaga ega 5ta ikkinchi o'rinni olgan jamoalar, jami 11ta terma jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma oladi.




Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati


3-14 avgust kunlari BAA mamlakatida klublar futzal bo'yicha o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistonning amaldagi chempioni "Paxtakor" ishtirok etadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu musobaqa so'nggi bor 2019 yilda o'tkazilgandi.



XIX Osiyo o'yinlari


Sentyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida hisob bo'yicha 19-Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda katta ehtimol bilan Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etadi. Osiyo o'yinlari 7-25 sentyabr kunlari o'tkaziladi.




Futzal bo'yicha Osiyo kubogi


Yuqorida yozilganidek aprel oyida futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi saralashida qatnashadi. Qita kubogi final bosqichi 25 sentyabr kuni Kuvaytda start oladi. Musobaqa 20 oktyabrga qadar davom etadi.




U-17 Osiyo Kubogi saralashi


Oktyabr oyi dastlabki o'n kunligida (1-9 oktyabr) U-17 Osiyo kubogi uchun saralash bahslari bo'lib o'tadi. Unda Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi ishtirok etadi. Hozircha saralash bosqichiga qura tashlanmagan. Ushbu musobaqaning final bosqichi 2023 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi belgilangan. Malumot uchun, 2020 yil o'tishi kerak bo'lgan bu musobaqa pandemiya tufayli bekor qilingan edi. So'nggi marta o'smirlarimiz 2016 yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgandi.



Narzulla Saydullaev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: