SportUz.Net
photo photo

Bugun 2021 yilgi Superliga start oladi

09.03.2021 08:23    


Rasmni yuklab olish

Bugun, 9 mart kuni O'zbekiston chempionatining dastlabki ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Namanganda "Navbahor" klubi Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qilsa, Olmaliqda AGMK "Lokomotiv"ni mehmon qiladi. Ikkala o'yin ham soat 18:30da boshlanadi.

"Navbahor" - "So'g'diyona"

9 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:30 (Dunyo Bo'ylab TV LIVE)
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: SHerzod Rajabov

Ushbu klublar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida o'zaro 50ta o'yin o'tkazishgan. "Lochinlar" 25 ta uchrashuvda g'alaba qozonishgan. 18 bor jizzaxliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan 7 ta o'yinda durang kuzatilgan.

"So'g'diyona" o'z tarixida hech qachon Namanganda g'alaba qozona olmagan ekan. Vodiyda o'tgan 25ta uchrashuvning 5tasida durang qayd etilgan va 20 ta bahsda "Navbahor" g'olib bo'lgan. "So'g'diyona" Namangandan so'nggi bor 2016 yil ochko olib qaytgan. "Navbahor" bu raqib bilan o'z uyidagi oxirgi 4 ta o'yinda 4 ta g'alabaga erishgan.


AGMK - "Lokomotiv"

9 mart 2021 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30 (Sport TV LIVE)
Hakamlar:
SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Alisher Fayziev

Bu klublar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 24 bor o'zaro o'yin o'tkazishgan. 15 marta "temiryo'lchilar" zafar quchishgan. 5 bor AGMK g'olib bo'lgan va yana 4 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

AGMK ketma-ket uchta o'yindan buyon o'z maydonida "Lokomotiv"ga yutqazmay kelmoqda - 2 ta g'alaba va 1 ta durang. So'nggi bor Olmaliq klubi 2017 yilgi mavsum o'z maydonida bu raqibga yutqazgan.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: