SportUz.Net

Mourino "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

07.01.2022 08:25    


Rasmni yuklab olish

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Milan"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi (1:3).

"Hisob 0:2 bo'lib turgan paytda ham biz o'ynayotgandik, ammo Rik Karsdorp chetlatilganidan so'ng barchasi tugadi. 

Ammo shuni ham aytishimiz kerakki, o'yinimiz kuchsiz edi. Dastlabki ikki golni ko'rsak, ular biz oddiy vaziyatlarda to'pni yo'qotganimizdan keyin sodir bo'ldi. O'yin sifati etishmadi. Uchrashuvda referining ishi ham, jamoamning o'yini ham menga yoqmadi. 

Hakam xarakter ko'rsata olmadi. VAR aralashishi mumkin edi, ammo o'yin davom ettirildi. Biz kichkina odamlarmiz. 

Barchasini darxol tushundim. 6-7 oydan buyor "Roma"daman. Bunday munosabatga ko'nikyapman, garchi ko'nikmaslik kerak bo'lsada. 

Bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmaganimizni ham inkor etmayman. Tarkibimiz o'rtacha darajada va biz ham turnir jadvalining o'rtasida ketmoqdamiz. Bu aynan "Roma"ning joyi. Biz bugun ko'p xato qildik. Gap taktikada emas, individual qarorlarda edi. 

Eng yomoni - biz birorta ham ochko to'play olmadik. Ammo men bu intervyu tugaganidan so'ng keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlayman ("Yuventus" bilan). Bahs qiyin bo'ladi. 

Bizda qiyinchiliklar bor, ammo biz kuchayishga harakat qilamiz", - dedi Mourino. 

Eslatib o'tamiz, SHomurodov o'yinning 76-daqiqasida zaxiradan Temmi Abrahamning o'rniga maydonga tushirildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: