SportUz.Net

"Milan" - "Roma" uchrashuvida "tiffozilar" 4 ta gol, 2 penalti va 2 ta qizil kartochkaga guvoh bo'lishdi

07.01.2022 06:25    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionatining 20-turi doirasidagi "Milan" – "Roma" uchrashuviga gollar va kartochkalarga boy tarzda o'tdi.

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'yinning 76-daqiqasida "Roma"ning yagona goli muallifi Abraxamning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi. O'yinning so'nggi daqiqasida Zlatan Ibragimovich penaltini golga aylantira olmadi. Aks holda, rimliklar yanada yirikroq hisobda yutqazishlari mumkin edi.  

Milan – Roma 3:1 (2:1)

"San-Siro" stadioni

Gollar: 1:0 – 8, penalti Jiru, 2:0 – 17 Junior Messias, 2:1 – 40 Abraxam, 3:1 – 82 Rafael Leau.

Milan – Menyan, Florenci (Konti, 78), Gabbiya, Kalulu, Ernandes, Krunich (Bakayoko, 64), Salemakers (Rafael Leau, 64), Tonali, Jiru (Ibragimovich, 77), Braim Dias (Maldini, 88), Junior Messias.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya (Kristante, 71), Mxitaryan, Veretu (Afena-Gyan, 71), Pellegrini (El-SHaaravi, 71), Dzanolo (Karles Peres, 85), Abraxam (Eldor SHomurodov, 76).

Ogohlantirishlar: Abraxam (7), Dzanolo (18), Karsdorp (44), Ernandes (44), Krunich (56), Kristante (85).

CHetlatishlar: Karsdorp (74), Manchini (90).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: