"Fenerbaxche" 61 yoshli germaniyalik murabbiyga 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Bundan biroz oldin Istanbul klubi Vitor Pereyrani istefoga chiqargandi.
"Fenerbaxche" Turkiya Superligasida 18-turdan so'ng 4-o'rinni egallagan holda, etakchi "Trabzonspor"dan 16 ochko ortda bormoqda.