SportUz.Net

"Atletiko" bosh murabbiyi ketma-ket 4 ta mag'lubiyatga izoh berdi

23.12.2021 10:50    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Granada"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz yaxshi o'ynayapmiz, ammo kerakli natijaga erisha olmayapmiz. Yana ko'p vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Oldinga chiqib olish uchun yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi. Qaerdadir xato qilyapmiz va buni loyiq bo'lmagan mag'lubiyatlar bilan to'layapmiz. 

Ko'p holda loyiq bo'lmagan o'yinlarimizda g'alaba qozonamiz, hozir esa g'alabaga loyiq bo'la turib, yutqazyapmiz. Xotirjamlikni saqlab qolib, tiklanishimiz kerak. Bu bizga kerak. Xotirjamlik bizga foyda bo'ladi", - dedi Simeone. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: