Turk klubi kataloniyaliklar tarkibida ijara asosida o'ynayotgan "Sevilya"ning 31 yoshli niderlandiyalik o'yinchisi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganadi.
Oldinroq noyabrda xabar berilganidek, "ko'k-anorranglilar" forvardga ishonch bildirishmayapti va u bilan qishki transfer oynasida muddatidan oldin ijara kelishuvini bekor qilishmoqchi.
De Yong 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.