
Endi 20 yoshni qarshi olgan Diyor Rahimqulov avtoto'qnashuv natijasida hayotdan ko'z yumdi. Kelajagi porloq, Olimpiya terma jamoasiga nomzod hisoblangan futbolchi 2021 yilgi mavsumda 20ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.
Janoza namozi ertaga, 12 dekabr kuni marhumning Guliston shahridagi, ikkinchi mikrorayondagi uyida peshindan keyin o'qiladi. Mo'ljal: "Mikrokreditbank".
Championat.asia sayti Diyor Rahimqulovning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Diyor Rahimqulov yozda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida qisqa intervyu bergandi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi