SportUz.Net

Eshitdik-da! "Nasaf" Abduxoliqov va CHeranga qiziqmoqda

06.12.2021 17:25    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston kubogi sohibi Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumdan oldin o'z tarkibini kuchaytirmoqchi.

Championat.asia sayti xabariga ko'ra, "Ajdarlar" "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov va "Paxtakor" to'purari Dragan CHeranga qiziqishmoqda. 

Xabaringiz bor, Dragan CHeranning "Paxtakor" bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Biroq moliyaviy holat tufayli klub katta ehtimol bilan serbiyalik futbolchining ketishiga qarshilik qilmaydi. Agar CHeran "Nasaf" bilan kelishuvga erishsa, 2022 yilgi mavsumni O'zbekiston Superkubogi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahs bilan boshlashi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, serbiyalik futbolchi "Paxtakor"da yiliga 325 ming dollar maosh oladi.

Abduxoliqov 2021 yilgi mavsumda Superligada 14ta, CHeran esa 16ta gol urdi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: