SportUz.Net

"Napoli" jamoa etakchilaridan birini yo'qotdi

02.12.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

"Napoli" jamoaning bosh himoyachisi Kalidu Kulibalidan ayrildi.

Senegallik futbolchi kecha bo'lib o'tgan "Sassuolo" (2:2)ga qarshi Italiya chempionati 15-tur doirasidagi o'yinda jarohat oldi.

O'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va unda son jarohati aniqlandi. SHu sabab Kulibali lazaretda 2-3 hafta bo'ladi, bu haqda Neapol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kalidu joriy mavsum A Seriya doirasidagi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: