SportUz.Net

Rasman: O'zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

29.11.2021 11:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi o'yinlarini kuchli terma jamoaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Biroz avval O'FA matbuot xizmati tarqatgan malumotga ko'ra, Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz 2022 yilning 21 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasi bilan xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Mazkur bellashuv Tokiodagi "Saitama" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi so'nggi bor 15 noyabr kuni Gruziya terma jamoasi bilan mehmonda o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan va 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: